platina.uz
Siyosat

Otabek Sobitov Yoshlar parlamenti raisi etib saylandi

Tayinlovga qadar u Yoshlar parlamenti raisi oʻrinbosari - OʻzLiDeP yoshlar guruhi rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 

Otabek Sobitov Yoshlar parlamenti raisi etib saylandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga yangi rais saylandi.

Yoshlar parlamentining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisligiga Otabek Sobitov nomzodi koʻrib chiqildi va koʻpchilik ovozi bilan saylandi.

Tayinlovga qadar u Yoshlar parlamenti raisi oʻrinbosari - OʻzLiDeP yoshlar guruhi raxbari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

2020 yilda prezident tashabbusi bilan tashkil etilib, bugungi kunda esa Yoshlar parlamenti yoshlarning siyosiy-huquqiy bilim va koʻnikmalarini yuksaltirish, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, qonunlarni yoshlar orasida targʻib qilish orqali ularning jamiyat hayotiga daxldorligini kuchaytirish, yosh avlodning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan muhim institut sifatida shakllandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid