platina.uz
Jahon

AQSh yaqin orada Ukraina boʻyicha tinchlik rejasini taqdim etadi

Bu reja "kuch orqali tinchlik"  tamoyilini nazarda tutishi mumkin. 

AQSh yaqin orada Ukraina boʻyicha tinchlik rejasini taqdim etadi

Bloomberg xabariga koʻra, AQSh kelasi hafta Ukraina boʻyicha tinchlik rejasini eʼlon qiladi.

Tramp maʼmuriyati kelasi hafta Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Rossiyaning Ukraina bilan urushini tugatish boʻyicha uzoq kutilgan rejani taqdim etishi mumkin.

Agentlik oʻz manbalariga tayanib yozganidek, bu reja "kuch orqali tinchlik" tamoyilini nazarda tutishi mumkin.

"Imkon boʻlgan nuqtalar orasida mojaroni potensial muzlatib qoʻyish va Rossiya tomonidan bosib olingan hududni noaniq holatda qoldirish, shuningdek, Ukrainaga Moskva yana hujum qila olmasligi uchun xavfsizlik kafolatlarini berish kiradi", deyiladi maqolada.

Myunxen konferensiyasi 14-16 fevral kunlari boʻlib oʻtadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi Putin ilan ehtimoliy muzokaralarni inkor etmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid