Andijondagi AYoQShlar sifatsiz benzin ortidan 128 mln asossiz daromad qilgani aniqlandi
Mazkur muassasalarga qarshi ish qoʻzgʻatilib, pullarni isteʼmolchilarga qaytarish topshirigʻi berilgan.

Andijondagi zapravkalar 128 mln soʻm asossiz daromad orttirgani maʼlum qilindi.
Raqobat qoʻmitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtgan 2024 yil davomida Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan benzin mahsulotlari sifati yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilgan.
Olib borilgan oʻrganishlar natijasida 18 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlarlar:
( “FAYKON” MChJ
- “MARKAZIY GAZ OIL” MChJ
- “AZIZBEK BARCHINOY” MChJ
- “SANJAR” MChJ
- “QALQON INVEST STAR” MChJ
- “BARAKA 2000” MChJ
- “ZIYO AGRO KIMYO MINERAL” MChJ
- “ABDUSATTOR SIFAT OIL” MChJ
- “MADINA BARAKA XAMKOR” MChJ
- “ANDIJON NEFT BAZASI” MChJ
- “FAYZ BARAKA HAMKORI” MChJ
- “ECO PETROL MAX” MChJ
- “MUSTAQILLIK 2001” MChJ
- “ELIT TRANZIT OIL” MChJ
- “BOBURSHOX PLYUS OIL” MChJ
- “BRAVA OIL KO” MChJ
- “MOXINUR OIL” XK
-“MAKS PETROL AGRO” MChJlar tomonidan isteʼmolchilarga sifatsiz mahsulot sotganligi natijasida 128 mln soʻmga yaqin asossiz daromad olganlik holatlari aniqlangan.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi AYoQShlarga nisbatan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ishlar qoʻzgʻatilib, asossiz olingan daromadni isteʼmolchilarga qaytarish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.