platina.uz
Jahon

Tramp AQSh Gʻazoni "egallab olishi" haqida gapirdi

Uning mulohazalari Gʻazo sektoridagi butun aholini boshqa joyga – Iordaniya, Misr va boshqa mamlakatlarga koʻchirish taklifi ortidan yangradi. 

Tramp AQSh Gʻazoni "egallab olishi" haqida gapirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan qoʻshma matbuot anjumanida AQSh "Gʻazo sektorini egallab olishga" va u yerda iqtisodiy rivojlanish uchun imkoniyatlar yaratishga tayyorligini aytdi.

BBC diplomatik muxbiri Pol Adamsning xabar berishicha, Donald Tramp takliflari bilan barchani hayratda qoldirishda davom etmoqda.

Trampga koʻra, AQSh "Gʻazoni bosib oladi", binolarni vayron qiladi, portlamagan oʻq-dorilarni tozalaydi, "cheksiz ish oʻrinlari" yaratadi va "oʻsha hudud aholisi uchun" uy-joy quradi - u aynan kimni nazarda tutayotganini aniqlamagan.

Uning mulohazalari Gʻazo sektoridagi butun Falastin aholisini boshqa joyga – Iordaniya, Misr va boshqa mamlakatlarga koʻchirish taklifi ortidan yangradi.

Tramp, shuningdek, falastinliklarning Gʻazoga qaytishni istashining yagona sababi, ularning boshqa iloji yoʻqligi, deb daʼvo qilmoqda.

U Gʻazo sektorini "buzilishi kerak boʻlgan hudud" deb atadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid