platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Malayziya yetakchilari hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzoladilar

Muzokaralarda jami oʻnga yaqin hujjatlar qabul qilindi. 

Oʻzbekiston va Malayziya yetakchilari hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzoladilar

Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan samarali muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yoʻlida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzoladilar.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

- Mahsulotlarning "halol" standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Bojxona ishida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida bitim;

- Oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Akademik-diplomatik hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- "Aqlli" shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- 2025-2026 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshma reja.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid