platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston boʻylab tezkor tadbirlarda 112 kg giyohvandlik moddalari qoʻlga olindi

650 dan oshiq maxsus tadbirlarda 47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 

Oʻzbekiston boʻylab tezkor tadbirlarda 112 kg giyohvandlik moddalari qoʻlga olindi

DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 3-4 fevral kunlari mamlakat miqyosida “Qoradori” keng koʻlamli tadbirlarining dastlabki bosqichi olib borildi.

Giyohvandlik va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanib kelayotgan shaxslar va jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida jami 653 ta maxsus tadbirlar oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tadbirlar davomida jami 112 kg 257 gr giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8601 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi toʻxtatib qolindi.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 AQSh dollari va 569 million soʻm miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.

Qoʻzgʻatilgan 222 ta jinoyat ishlari doirasida 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 64 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. 47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 357 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirildi.

Shuningdek, keng koʻlamli tadbirlari doirasida 175 ta “tigʻ”, 58 ta “bita”, 24 ta “kastet” va 77 ta qurol olindi.

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yoʻnalishlarda ham davom ettiriladi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid