platina.uz
Jahon

Tramp Kanada va Meksikaga qarshi "savdo urushi"ni vaqtincha toʻxtatdi

Xitoy esa Qoʻshma Shtatlardan import qilinadigan koʻmir va suyultirilgan gazga 15 foizlik boj qoʻyishini eʼlon qildi. 

Tramp Kanada va Meksikaga qarshi "savdo urushi"ni vaqtincha toʻxtatdi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Kanada importiga qoʻyilgan AQSh tariflari vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qildi.

Bu haqda Kanada bosh vaziri AQSh prezidenti bilan telefon muloqotidan soʻng maʼlum qildi.

Jastin Tryudo, shuningdek, AQSh-Kanada chegarasida nazorat kuchaytirilishini maʼlum qildi.

Hozircha bu mavzu boʻyicha AQShdan hech qanday bayonot yoʻq: Trampning oʻzi soʻnggi soatda jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Tryudo bilan suhbat yaxshi oʻtganini aytdi.

Tramp shuningdek, Meksikaga tariflar ham bir oyga kechiktirilganini maʼlum qilgan.

Rasmiy Pekin ham AQShga qarshi chora koʻrishni boshladi.

Xitoy Qoʻshma Shtatlardan koʻmir va suyultirilgan gazga 15 foizlik boj qoʻyadi, deya maʼlum qildi Davlat kengashi.

Pekin, shuningdek, AQShdan neft va qishloq xoʻjaligi texnikasiga 10 foizlik boj joriy etishga qaror qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid