Sirdaryo viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi
Alisher Xidirov avval "Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" AJda faoliyat olib borgan.

Sirdaryo viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi.
Alisher Xidirov Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati "Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" aksiyadorlik jamiyati marketing va servis xizmatlari boʻyicha direktori vazifasida faoliyat olib borgan.
Avval Vohid Ibadullayev Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari sifatida ishlagan.