platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajaga koʻtarildi

Banklarda hozir oltin quymasining 1 grami 1 214 000 soʻmdan yuqoriroq narxda sotilmoqda.

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajaga koʻtarildi

4 fevral holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 5 grammlik oltin quymalari ilk bor 6 mln soʻmdan yuqori narxda sotilmoqda. Bir gramm oltin quymasi uchun narx esa 1 214 300 soʻmni tashkil etmoqda.

Avvalroq, jahon bozorida oltin narxi savdo urushlari boshlanishi xavfi ortidan 2 800 dollardan oshgandi.

Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan toʻliq narxlar:

  • 5 gr – 6 071 000 soʻm;
  • 10 gr – 12 143 000 soʻm;
  • 20 gr – 24 286 000 soʻm;
  • 50 gr – 60 715 000 soʻm;
  • 100 gr – 121 430 000 soʻm.

Markaziy bank 2024-yil 17-yanvardan, aholini investitsion salohiyatini oshirish uchun 100 grammlik oltin quymalarini sotuvga chiqargan edi.

Oʻzbekistonda oltin quymalarini sotib olish tartibi bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid