platina.uz

DXX Rossiya fuqarolariga nisbatan firibgarlik qilishda gumonlangan 32 kishini qoʻlga oldi

39 yashar shaxs rossiyaliklardan noqonuniy pul oʻzlashtirish bilan shugʻullanuvchi jinoiy tuzilma tuzgan. 

Jamiyat
4-fevral, 21:26
DXX Rossiya fuqarolariga nisbatan firibgarlik qilishda gumonlangan 32 kishini qoʻlga oldi

Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari yanvar oyida Rossiya fuqarolaridan pul undirish bilan shugʻullangan yirik firibgarlar tarmogʻini fosh etdi. Bu haqda "Axborot 24" dasturida maʼlum qilindi.

DXX maʼlumotiga koʻra, ular uchta koll-markaz orqali faoliyat yuritgan.

Unga koʻra, fargʻonalik shaxs (1986 yilda tugʻilgan) oʻz rahbarligida Rossiya fuqarolaridan noqonuniy pul oʻzlashtirish bilan shugʻullanuvchi jinoiy tuzilma tuzgan.

Jinoiy tuzilma 32 kishidan iborat boʻlgan, ular Fargʻonada ikkita va Toshkentda bitta koll-markaz koʻrinishida faoliyat yuritgan.

Internetda biologik faol qoʻshimchalar sotib olgan Rossiya fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlaridan foydalangan holda, bunday koll-markaz "operatorlari" oʻzlarini tergov organlari xodimlari sifatida tanishtirgan va BAD sotuvchilari tomonidan yetkazilgan taxminiy maʼnaviy zararni qoplash uchun toʻlov taklif qilgan.

Ularning baʼzilari Rossiya Moliya vazirligi vakillari nomidan ish olib borgan va daromad soligʻini toʻlaganidan keyin pul kompensatsiyasini vaʼda qilgan.

Mablagʻni oʻtkazish uchun esa ular oʻzlari aytgan bank kartasi rekvizitlariga zarur miqdorda toʻlov yuborishni talab qilgan va, aks holda, mablagʻni qaytarib olish imkonsiz ekanini aytgan.

32 kishining barchasi hibsga olingan. Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (Bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan firibgarlik) va 278−2-moddasi (Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+