platina.uz
Iqtisod

Bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi

10 ming AQSh dollarigacha ekvivalentdagi mahsulotlar uchun BHMning 1 baravari miqdorida toʻlov belgilangan. 

Bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi

“Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (55-son, 31.01.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, quyidagilarni nazarda tutuvchi Bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi:

-tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar miqdorini bojxona organlari tomonidan harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning taxminiy qiymatidan kelib chiqib belgilash;

-tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yigʻimlari stavkalarini oʻzaro muvofiqlashtirish.

Jumladan, 10 ming AQSh dollarigacha ekvivalentdagi mahsulotlar uchun BHMning 1 baravari, 10-20 ming dollargacha BHMning 1,5 baravari, 1 mln dollar va undan ortiq miqdor uuchun 25 baravar yigʻim olinadi.

Bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi
Bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi
Bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi

Bojxona hududida va bojxona hududidan tashqarida bojxona qayta ishlash rejimlarida undiriladigan yigʻim stavkasi ikki baravar kamaytirildi.

Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid