platina.uz
Iqtisod

Yanvarda isteʼmol tovarlari narxi oshdi

Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik oʻsish darajasi 9,9 % ni tashkil etgan.

Yanvarda isteʼmol tovarlari narxi oshdi

Yanvar oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,7 % ga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, yanvarda isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik (2024 yil yanvar oyiga nisbatan) oʻsish darajasi 9,9 % ni tashkil etgan.

2025 yilning yanvar oyida isteʼmol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,8 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 1,1 % ga oshgani kuzatilgan.

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat koʻrsatish obʼektlarida 120 mingdan ziyod narxlar qayd etilgan.

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid