platina.uz
Jamiyat

Toshkentdan Andijonga borish 2 soatga qisqaradi

Yangi magistral yoʻlning foydalanishga topshirilishi natijasida YTHlar 40 foizga kamayishi mumkin.

Toshkentdan Andijonga borish 2 soatga qisqaradi

Toshkent Andijonga 3 soatda yetib borish mumkin boʻladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni yirik transport infratuzilmasi loyihalari boʻyicha hisobot bilan tanishdi.

Aholi va iqtisodiyotning oʻsib borayotgan ehtiyojidan kelib chiqib, transport tarmogʻi izchil rivojlantirib borilmoqda. Davlat rahbarining 2023 yil 10 oktabrdagi qaroriga muvofiq, yoʻl xoʻjaligi sohasi takomillashtirildi, yoʻl qurish, taʼmirlash va ulardan foydalanish koʻlami oshdi.

Mazkur qarorda zamonaviy avtomobil yoʻllarini tashkil etish istiqbollari ham belgilangan edi. Jumladan, oʻtgan vaqtda Jahon banki ishtirokida “Toshkent – Andijon” muqobil yoʻli loyihalashtirildi. Umumiy uzunligi 314 kilometr boʻlgan bu tezyurar magistral foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkentdan Andijonga yetib borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi.

Shuningdek, bu yalpi ichki mahsulotni 2,6 foizga oshirib, avtohalokatlarni 40 foizga kamaytirishi mumkin.

Yaqinda ushbu loyiha boʻyicha xalqaro tender eʼlon qilindi. Qisqa vaqtda unga koʻplab nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirdi.

Yigʻilishda mazkur loyiha boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi. Transport vazirligiga yuklamasi koʻp boshqa yoʻllarda ham muqobil magistrallar qurish, yoʻllarda qulaylik va xavfsizlikni kuchaytirish, turli pullik xizmatlarni tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbariga Birlashgan Arab Amirliklarining “AD Ports Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida “quruq port” tashkil qilish loyihasi toʻgʻrisida ham axborot berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid