platina.uz
Jamiyat

Toshkentda sobiq hokim yordamchisi odamlarning kredit pullarini oʻzlashtirib yubordi

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Toshkentda sobiq hokim yordamchisi odamlarning kredit pullarini oʻzlashtirib yubordi

Shayxontohur tumanida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi M.F. 20 nafar fuqaroga elektron tarzda bergan tavsiyanomalariga asosan, qabul qilib olgan elektron kalitlardan foydalangan holda jami 427,7 mln. soʻmlik kredit mablagʻlarini qoʻlga kiritgan.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, u oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, jumladan, ehtiyojmand oila aʼzolarining hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa turdagi faoliyati yoʻlga qoʻyilishini tashkillashtirmasdan, oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Shuningdek, M.F. oʻzining qarindoshlari va boshqa 5 nafar fuqaroga mahalla hududida yashamagan boʻlsa-da, qalbaki tavsiyanomalar orqali jami 207,7 mln. soʻm miqdoridagi kredit mablagʻlari ajratilishiga erishib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid