platina.uz
Jamiyat

Chirchiqda sobiq bank boshqaruvchisi sudga tortildi

U bank pullarini rastrata qilish, garov taqiqini asossiz yechib yuborish kabi qonunbuzarliklarni sodir etgan. 

Chirchiqda sobiq bank boshqaruvchisi sudga tortildi

Jinoyat ishlari Chirchiq shahar sudida firibgarlikda ayblangan sobiq bank boshqaruvchisiga oid ish koʻrib chiqildi. Sud ishi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, D.E. 2022 yil 1 apreldan 2023 yil 18 aprelga qadar "X" bank Chirchiq shahar filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelib, mansabdor shaxs boʻlgan holda egallab turgan mansab mavqeini suiisteʼmol qilgan.

U filialning kreditlar monitoringi va muammoli kreditlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi J.B. bilan jinoiy til biriktirgan. U jami boʻlib 14 ta holatda 20 mln. 863 ming 500 soʻm mablagʻlarni “Alisher-Saloxiddin Nasl Chorvador” MChJning muddati oʻtgan kredit qarzdorligini soʻndirish uchun asossiz yoʻnaltirgan.

Shundan soʻng D. E. filialning kreditlar monitoringi va muammoli kreditlar bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi A.A bilan jinoiy til biriktirib, jami 123 mln. 380 ming 800 soʻm pul mablagʻlarini rastrata qilib, bank manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yetkazgan.

Bundan tashqari boshqaruvchi kreditga olingan "Kaptiva" avtomobiliga garovni taqiqdan yechib yuborganligi oqibatida 40 mln. 986 ming 333 soʻmlik kredit qarzdorligi garov taʼminotisiz qolgan, bank manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgan.

Sud majlisida soʻroq qilingan sudlanuvchi D.E. aybiga qisman iqrorlik bildirdi.

Sud hukmiga koʻra, u JK 167-moddasi 2-qismining “a,b,v,g” bandlari va 209-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topildi. Unga uzil-kesil mansabdorlik lavozimlarida va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq vazifalarda ishlash huquqidan 2 yil 6 oy muddatga mahrum qilib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil 9 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Ish boʻyicha yetkazilgan moddiy zarar toʻliq qoplangan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid