AQSh savdo "urushi"ni boshladi
Tramp Kanada, Xitoy va Meksikani nishonga oldi.

AQSh Xitoy, Kanada va Meksikadan kelgan tovarlarga boj qoʻyishini maʼlum qildi.
Uch mamlakat bu qarordan oʻz noroziligini bildirdi.
Kecha Oq uy Kanada va Meksika uchun 25% va Xitoy uchun 10% tariflarni eʼlon qildi. Bunga javoban Xitoy Pekin "qarordan oʻta norozi ekanini va qatʼiy qarshiligini" aytdi.
Xitoy JSTda AQShga qarshi daʼvo qoʻzgʻatishga vaʼda berdi.
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Qoʻshma Shtatlarni ayblab, javob choralarini, jumladan, tarifli va tarifsiz choralarni eʼlon qildi.
Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning aytishicha, kanadaliklar "eng yaqin doʻstlari va qoʻshnilari ularni nishonga olishgani" dan hayratda qolishgan.
Tryudo, shuningdek, javob choralarini, jumladan energiya manbalariga kirishni cheklashni ham eʼlon qildi.
Donald Tramp hokimiyatga kelishidan avval ushbu mamlakatlarga qarshi savdo urushi olib borishini aytgandi.
Saylov kampaniyasi vaqtida Tramp Xitoydan kelayotgan tovarlarga 60 foizgacha bojxona bojlari joriy etish bilan tahdid qilgan, biroq Oq uyga qaytib kelgach, maʼmuriyatga bu masalani oʻrganishni buyurgan.
Ayni paytda Pekin savdo urushining kuchayishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Davosda soʻzga chiqqan Xitoy Bosh vaziri oʻrinbosari Ding Syuyesyan Xitoy oʻz savdo munosabatlariga sodiq ekanini va importni kengaytirish tarafdori ekanini aytdi. Biroq, Qoʻshma Shtatlar murosa qilishga tayyor emas. AQShning Xitoydan importi 2018 yil darajasida qolmoqda, iqtisodchilar buni Trampning birinchi muddati davomida joriy qilgan bir qator tariflari bilan izohlashadi.




