platina.uz
Jamiyat

Yangi uylar boʻyicha elektron platforma ishga tushiriladi

Tizim 2025 yil 1 iyuldan toʻliq faoliyat boshlaydi. 

Yangi uylar boʻyicha elektron platforma ishga tushiriladi

Uy-joylar qurilishi boʻyicha elektron platforma yaratiladi.

“Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obʼektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-11-son, 27.01.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra qurilishga ulushdorlarning mablagʻlarini jalb qilish 2025 yil 1 iyuldan 2025 yil 31 dekabrgacha “eskrou” hisobvaraqlari orqali hamda hozirda amalda boʻlgan ulushli ishtirok etish tartibida toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilish mexanizmi boʻyicha parallel ravishda taraflarning tanloviga koʻra amalga oshiriladi.

Shuningdek, mablagʻlarini jalb qilish 2026 yil 1 yanvardan faqat “eskrou” hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.

“Shaffof qurilish” axborot tizimi doirasida uy-joylar qurilishi boʻyicha elektron platforma yaratilib, 2025 yil 1 iyuldan toʻliq ishga tushiriladi.

2025 yil 1 iyulgacha ulushli shartnoma boʻyicha talab qilish va garov huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazishni nazarda tutgan holda ulushli shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va soliq organlariga elektron koʻrinishda taqdim etib borish tizimi joriy etiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyilini amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisi tashkil etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid