platina.uz
Jamiyat

Tezkor tadbirlarda 111 kg narkotik modda musodara qilindi

Bir holatda davlat chegarasidan taxminan 400-500 metr uzoqlikdagi dala maydonida qariyb 20 kg giyohvand modda tashlab ketilgan. 

Tezkor tadbirlarda 111 kg narkotik modda musodara qilindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda jami 111 kg. narkotik modda musodara qilindi.

Samarqand viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston Respublikasining Soʻgʻd viloyati Panjikent tumanidan aylanma yoʻllar orqali 10 kg. 894 gr. “opiy” moddasini Urgut tumani hududiga olib kelgan Tojikiston fuqarolari – 1980, 1982, 1989 yillarda tugʻilgan 3 nafar aka-uka qoʻlga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sherigi boʻlgan, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1982 y.t. ayol ham ushlanib, uning yashash xonadonida saqlanayotgan 13 kg. 85 gr. “opiy” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Boshqa holatda esa, “oʻzbek-tojik” davlat chegarasining Toshkent viloyati Bekobod tumani “Turon” MFY hududidan oʻtuvchi qismida tezkor qidiruv tadbirlari olib borilgan.

Unda Tojikiston Respublikasining Soʻgʻd viloyati Mastchox tumanidan Bekobod tumaniga oqib oʻtuvchi Dalvarzin kanali orqali oqizib yuborilgan 3 dona yelim idishdagi jami 8 kg. 381 gr. “opiy” va 59 kg. 296 gr. “gashish” moddalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu giyohvandlik vositalarini qabul qilib olish maqsadida chegara hududiga kelgan vaqtlarida Bekobod shahri va tumanida istiqomat qiluvchi, 1985, 1989, 1996 va 1997 yillarda tugʻilgan 4 nafar fuqaro qoʻlga olindi. Taʼkidlash lozimki, ulardan 2 nafari muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Bekobod tumanida qayd etilgan yana bir holatda, “oʻzbek-tojik” davlat chegarasidan taxminan 400-500 metr uzoqlikdagi dala maydonida muqaddam nomaʼlum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 1 dona sport sumkasi ichida 3 kg. 942 gr. “opiy” va 15 kg. 473 gr. “gashish” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, giyohvandlik vositalarini qoldirib ketgan shaxslarni aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid