platina.uz
Jamiyat

Bandlik vazirligi huzuridagi direksiya sobiq mudirining qilmishlari oshkor boʻldi

U tadbirkor bilan beton aralashtiruvchi qurilish uskunasini ijaraga berish boʻyicha shartnoma tuzishga erishib, katta mablagʻni oʻzlashtirib yuborgan. 

Bandlik vazirligi huzuridagi direksiya sobiq mudirining qilmishlari oshkor boʻldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Buvayda tuman sudi, ochiq sud majlisida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi jamoat ishlari direksiyasida xoʻjalik ishlari sobiq mudiri ishi koʻrib chiqildi. Sud ishi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, A.Yu.Bandlik vazirligi huzuridagi jamoat ishlari direksiyasida xoʻjalik ishlari mudiri lavozimida ishlab kelgani holda, jamoat ishlari jamgʻarmasi Fargʻona viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan shaxs bilan til biriktirgan.

A.Yu tadbirkor D.T. bilan Jamoat ishlari jamgʻarmasi oʻrtasida Jamoat ishlari balansidagi 1 dona 328.000.000 soʻmlik beton aralashtiruvchi qurilish uskunasini ijaraga berish boʻyicha shartnoma tuzishga erishib, jamgʻarma tomonidan unga ishonib topshirilgan uskunani yetkazib bermagan. Natijada, byudjetning 328.000.000 soʻmlik juda koʻp miqdordagi mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilingan.

A.Yu. jinoyati uchun sudda aybiga toʻliq iqror boʻldi.

Yakuniy sud hukmiga koʻra, A.Yu JKning 167-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan aybli deb topildi. Unga oʻtash uchun 1 yil muddatga mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 5 oy 18 kun axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirildi.

Ish boʻyicha yetkazilgan zarar qoplangan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid