Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga boradi
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Anvar Ibrohim maʼlum qilgan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga borishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Anvar Ibrohim maʼlum qilgan.
"Malayziya kelasi haftadan boshlab dunyo mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarini mustahkamlash maqsadida bir qancha jahon yetakchilarini kutib oladi", dedi bosh vazir Anvar Ibrohim.
Uning soʻzlariga koʻra, yetakchilar orasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bor.
“Hozirgi vaqtda bizga koʻproq strategik sheriklar kerak, faqat bir davlatga tayanib boʻlmaydi. Endi biz AQShdan investitsiyalarni jalb qilish, Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni yaxshilash va Xitoy bilan hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha saʼy-harakatlarimizni davom ettirmoqdamiz", dedi u Xitoy Yangi yili ochiq eshiklar kunidagi nutqida.