platina.uz
Jamiyat

Salkam olti soatga kechikkan parvoz: yoʻlovchilarga chipta pullari qaytarildi

Oʻtgan yili Oʻzbekistonda aviakompaniyalar ustidan jami 240 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan. 

Salkam olti soatga kechikkan parvoz: yoʻlovchilarga chipta pullari qaytarildi

Uzbekistan Airways'ning besh soatga kechikkan reysi sabab yoʻlovchilarga chipta pullari qaytarildi.

Raqobat qoʻmitasiga oʻtgan 2024 yil davomida respublikada faoliyat olib borayotgan aviakompaniyalarda isteʼmolchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlarning talab darajasida emasligi borasida jami 240 yaqin murojaatlar kelib tushgan.

Mazkur murojaatlar yuzasidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida isteʼmolchilar foydasiga 220 million soʻmga yaqin pul mablagʻlari qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlandi.

Jumladan, fuqaro S.T "Toshkent-Namangan" yoʻnalishida 2024-yil 24 noyabr kuni soat 07:20da uchib ketish uchun HY-93 reysga elektron aviachipta xarid qilgan. U uchish kuni aeroportga soat 06:00da borganligi ammo reys soat 09:20ga kechiktirilganligi, ovoz uzatkich orqali yaʼna soat 10:20ga koʻchirilganligi, shu tariqa 5 soat kutish zalida qolib ketganligi, jamiyat tomonidan kutish zalida qolib ketgan yoʻlovchilarga dam olish xonasi, taomlanish va ichish uchun toza ichimlik suvi taklif eʼtilmaganligidan noroziligini bildirgan.

Qoʻmita tomonidan mazkur murojaat oʻrganib chiqilishi natijasida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi haqiqatan ham parvoz vaqti ob-havo sharoiti yomonlashganligi sababli HY-93 reysning parvozi 5 soat 54 daqiqaga kechiktirilgan.

Shu sababli 22 nafar yoʻlovchilar oʻz ixtiyorlari bilan parvoz qilishdan bosh tortganliklari uchun aviachiptaga sarflangan pul mablagʻlari isteʼmolchilarga qaytarib berish choralari koʻrildi.

Maʼlumot uchun: “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasida ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat koʻrsatishi) shart.

Qonunning 21-moddasida shartnomaning isteʼmolchi huquqlarini cheklab qoʻyadigan va qonunchilikka zid boʻlgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qoʻllanishi natijasida isteʼmolchiga zarar yetkazilgan boʻlsa, bu zarar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozimligi belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid