platina.uz
Jamiyat

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻzaro mahkumlar almashadi

Ayni damda qoʻshni davlatda 97 nafar oʻzbekistonlik jazo oʻtayotgani maʼlum qilingan. 

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻzaro mahkumlar almashadi

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston jazo muddatini oʻtayotgan fuqarolarni bir-birlariga topshiradi.

Qonun loyihasi Qirgʻiziston Jogorku Keneshi tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.

Qirgʻiziston Bosh prokuror oʻrinbosari Umutkan Qoʻnkuboyeva deputatlarga Oʻzbekistonda Qirgʻizistonning 42 nafar fuqarosi, Qirgʻizistonda esa 97 nafar oʻzbekistonlik jazo oʻtayotgani haqida maʼlumot berdi.

Bu fuqarolarning barchasi oʻz vatanlarida jazoni oʻtashda davom etadi.

Mamlakatlar oʻrtasida mahkumlarni almashish boʻyicha kelishuv 2024 yilning 18 iyulida Toshkent shahrida iimzolangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid