platina.uz
Jamiyat

Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etishga moyil 400 nafardan oshiq kishi aniqlandi

DXX hamda IIV tomonidan keng koʻlamli maxsus tadbirlar oʻtkazilib, 42 ta jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyilgan. 

Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etishga moyil 400 nafardan oshiq kishi aniqlandi

DXX hamda IIV tomonidan joriy yilning 27-31 yanvar kunlari mamlakat miqyosida "Antiterror-tozalash" keng koʻlamli tadbirlari olib borildi.

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jami 946 ta maxsus tadbirlar oʻtkazildi.

Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etishga moyil, respublikadagi kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi 418 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

Jinoyat ishlari doirasida 169 nafar shaxslar qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyildi.

399 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning 270 nafari maʼmuriy qamoqqa olindi. 109 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

536 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, 402 nafari rasmiy ogohlantirildi.

Shuningdek, tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan 80 ta qurol oʻq-dorilari bilan, 30 kg 337 gr giyohvandlik vositalari, 4 ming 521 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, 186 dona tigʻ, 22 dona bita va 17 dona kastetlar olindi.

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yoʻnalishlarda ham davom ettiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid