platina.uz
Jamiyat

MTRKda islohot: telekanallar turli birlashmalarga oʻtkazildi

“Sport” ijodiy birlashmasi tarkibidan “Sport” va “Futbol TV” telekanallari oʻrin olgan. Ayrim telekanallarda esa rahbarlar almashdi. 

MTRKda islohot: telekanallar turli birlashmalarga oʻtkazildi

Bugun Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli bir qator telekanallar tuzilmasi va ulardagi rahbarlar tarkibi oʻzgardi.

Platina.uz manbasining maʼlum qilishicha, MTRK tizimidagi telekanallar bir qator birlashmalar tarkibiga qoʻshilgan.

Jumladan:

“Oʻzbekiston 24” ijodiy birlashmasi tarkibiga “Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston”, “Dunyo boʻylab” telekanallari va “Oʻzbekiston 24” radiokanali;

“Maʼrifat” ijodiy birlashmasi tarkibiga “Madaniyat va maʼrifat”, “Oʻzbekiston tarixi”, “Bolajon” va “Kinoteatr” telekanallari;

“Yoshlar” ijodiy birlashmasiga “Yoshlar”, “Navo” telekanallari va “Yoshlar” radiokanali;

“Sport” ijodiy birlashmasi tarkibiga “Sport” va “Futbol TV” telekanallari oʻtkazilgan.

“Oʻzbekiston 24” mediabirlashmasiga Haydar Hasanov, “Maʼrifat” ijodiy birlashmasiga Vohid Luqmonov, “Yoshlar” ijodiy birlashmasiga Husniddin Ergashev, “Sport” ijodiy birlashmasiga esa Zohid Karimov 3 oylik sinov muddati bilan vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Shuningdek, avval xususiy telekanallarda ishlagan bir qator telejurnalistlarga ijodiy birlashmalar tarkibidagi telekanallarga 3 oylik sinov muddati bilan oʻrinbosar vazifasini vaqtincha bajarish ishonib topshirilgan.

Jumladan, “Oʻzbekiston 24” telekanaliga Shunqor Choriyev, “Madaniyat va maʼrifat” telekanaliga Orif Ahmedov, “Oʻzbekiston” telekanaliga Dilshod Fayz, “Navo” telekanaliga Nasriddin Asriddinov, “Oʻzbekiston tarixi” telekanaliga Alisher Shoyimov, “Futbol TV” telekanaliga Darmon Ibrohimov direktor oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

“Mahalla” teleradiokanali esa moliyaviy mustaqil tashkilot hisoblangani uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan davlat buyurtmasini bajarish sharti bilan loyihaviy moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan. Mazkur telekanal direktori sifatida Ikrom Choriyev faoliyat yuritadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid