platina.uz
Jamiyat

Ipakchilik va jun sanoati qoʻmitasi tugatiladi

Uning vazifa va funksiyalari turli idoralarga boʻlib beriladi.

Ipakchilik va jun sanoati qoʻmitasi tugatiladi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tugatiladi. Bu haqda “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmonida soʻz boradi.

Ipakchilik qoʻmitasining vazifa va funksiyalari quyidagi qoʻmita va vazirliklarga oʻtkaziladi:

  • yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga;
  • pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari – Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga;
  • Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – Veterinariya qoʻmitasi tizimiga;
  • Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimiga.

Shuningdek, farmon bilan quyidagilar tashkil etiladi:

  • Veterinariya qoʻmitasi muassisligida Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xoʻjaliklari (hududiy yaylov xoʻjaliklari);
  • Veterinariya qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish boshqarmasi;
  • Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish, qorakoʻlchilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi.

Hududiy yaylov xoʻjaliklari yaylov yerlarini boshqarish va ulardan foydalanish, oʻzlariga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yaylovlarni ijaraga berish sohasida oʻrmon xoʻjaliklari uchun belgilangan huquq va majburiyatlardan foydalanadi.

Yaylovlar chorvachilik va boshqa xoʻjaliklarga Respublika komissiyasining qaroriga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri 49 yilga ijaraga berilishi mumkin.

2025 yil 1 dekabrgacha yaylovlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi “E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid