platina.uz
Jamiyat

Tadbirkorlikda davlat nazorati boʻyicha reyting eʼlon qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi,  Kadastr agentligi, IIV, FVV va qator tashkilotlar natijasi "qoniqarsiz" deya topildi. 

Tadbirkorlikda davlat nazorati boʻyicha reyting eʼlon qilindi

Tadbirkorlik sohasidagi davlat nazorati organlari faoliyati baholandi.

Biznes-ombudsman axborot xizmati tadbirkorlik subʼektlarida davlat nazorati sohasida faoliyat yuritayotgan organlarning samaradorligini baholadi.

Reyting uch toifaga ajratildi: “yaxshi” (80–100 ball), “qoniqarli” (55–80 ball) va “qoniqarsiz” (55 balldan past).

Eng yaxshi baholangan organlar (80+ ball) qatorida Hisob palatasi (95), Din ishlari qoʻmitasi (90), Fuqaro aviatsiyasi agentligi (90), Oʻzarxiv agentligi, Migratsiya agentligi AOKA va boshqa bir qator tashkilotlar bor.

Qoniqarli deb topilgan organlar orasida Avtobaholash va telekommunikatsiya nazorati inspeksiyasi (75), Sanitariya va epidemiologiya xizmati (70), Markaziy bank (65), Bojxona qoʻmitasi, Qurilish vazirligi kabilar qayd etilgan.

Eng past baholangan, “qoniqarsiz” deb topilgan organlar orasida Soliq qoʻmitasi, Turizm qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, IIV, FVV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa tashkilotlar oʻrin olgan.

Ushbu baholash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish va qonuniy infratuzilmani rivojlantirish” chora-tadbirlari doirasida amalga oshirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid