Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi
Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, hukumat aʼzolari, ziyolilar va jamotchilik vakillari qatnashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Birinchi Prezidentning xotirasi abadiylashtirildi, u tavallud topgan 30 yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi.
Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi.
Marosimda Qurʼon oyatlari oʻqilib, duo qilindi.
Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham oʻtkazildi.