platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda “Hisorak” kichik GES ishga tushirildi

Natijada 7300 ta xonadonni tok bilan taʼminlash rejalashtirilgan.

Qashqadaryoda “Hisorak” kichik GES ishga tushirildi

Bugun, 30 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Hisorak” suv ombori qoshida yangidan barpo etilgan “Hisorak” kichik GESning rasmiy ochilishi boʻlib oʻtdi.

“Hisorak” kichik GES “Oʻzbekgidroyenergo” AJ tomonidan Shahrisabz tumani iqtisodiy-ijtimoiy rivoji hamda mahalliy aholi farovonligi uchun qurilgan boʻlib, energetik quvvati 3,5 MVtga teng, yiliga oʻrtacha 17,5 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Kichik GES toʻliq mahalliylashtirish doirasida qurildi. GESning loyihaviy qiymati 1,5 mln dollarga teng. Yangi GESda 6 ta ish oʻrni yaratildi. GES faoliyati tufayli yiliga oʻrtacha 5 mln m3 tabiiy gaz iqtisod qilinadi.

Ishga tushirilgan mazkur GES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiya 7300 ta xonadonni tok bilan taʼminlaydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid