Fevral oyi uchun taxminiy ob-havo maʼlumoti taqdim etildi
Bu yil qishning soʻnggi oyi 6-7 kun davomida saqlanib turadigan quruq ob-havo bilan boshlanadi.

Joriy yilning fevral oyida Oʻzbekiston aholisini qanday ob-havo kutmoqda? "Oʻzgidromet" bu haqda maʼlumot berdi.
Bu yil fevral oyi 6-7 kun davomida saqlanib taradigan quruq ob-havo bilan boshlanadi.
Ushbu davr boshida havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida boʻladi. 6-7 fevral kunlariga kelib, nisbatan iliqlashadi, kunduz kunlari havo 12-15 daraja iliqqacha, shimolda 5-8 daraja iliqqacha isiydi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Respublika hududi boʻyicha birinchi oʻn kunlik oxirida asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.
Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda har oʻn kunlikda 2-3 kundan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilmoqda.
Fevral oyida respublika hududi boʻyicha oylik yogʻingarchilik miqdori oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan koʻp boʻlmaydi.