AQShda samolyot harbiy vertolyot bilan toʻqnashib, daryoga quladi
Hozircha qurbonlar boʻyicha aniq maʼlumot yoʻq, samolyotda 60 yoʻlovchi boʻlgani aytilmoqda.

AQShda samolyot harbiy vertolyot bilan toʻqnashib, daryoga quladi.
AQShda Kanzasdan Vashingtonga uchayotgan kichik samolyot Vashington aeroporti yaqinida harbiy vertolyot bilan toʻqnashib ketdi va daryoga quladi, deb xabar berdi Kolumbiya okrugi yongʻin va favqulodda vaziyatlar xizmati.
Vashington politsiya departamenti va CNN telekanalining xabar berishicha, hozircha qurbonlar haqida maʼlumot yoʻq. Tirik qolganlar izlanmoqda.
Oq uy hodisaga harbiy vertolyot aloqadorligini tasdiqladi.
Samolyotning yoʻlovchilar roʻyxatiga 60 kishi kiritilgan. Bu haqda American Airlinesʼdagi manbaga asoslanib Reuters agentligi xabar berdi.
Bombardiyer CRJ 700 samolyoti odatda uch yoki toʻrt kishidan iborat ekipajga boʻladi.