Ahmad ash-Sharaa Suriyaning oʻtish davri prezidenti deb eʼlon qilindi
U Bashar Asad rejimining qulashiga olib kelgan hujumga rahbarlik qilgandi.

Suriyaning amaldagi rahbari va "Hayat Tahrir ash-Sham" (HTSh) guruhi rahbari Ahmad ash-Sharaa rasman mamlakatning oʻtish davriga prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda Suriya davlat matbuoti xabar bermoqda.
HTSh yetakchisi oʻtgan yil dekabr oyi boshida Suriyada Bashar Asad rejimining agʻdarilishiga olib kelgan isyonchilar hujumiga rahbarlik qilgandi.
Dala qoʻmondoni sifatida Abu Muhammad al-Joʻloniy nomidan foydalangan Ash-Sharaa Suriyaning yangi hukumati mamlakatning yangi konstitutsiyasini qabul qilinmaguncha faoliyat yuritadigan vaqtinchalik qonunchilik kengashini tuzish vakolatini oldi.
Ash-Sharaaning tayinlanishi Damashqda XTSh boshchiligidagi isyonchilar ittifoqiga kiruvchi boshqa qurolli guruhlar qoʻmondonlari ishtirokidagi yigʻilishda eʼlon qilindi.
Mamlakatda eski kuchishlatar tuzilmalari tarqatib yuborildi.
2012 yilda qabul qilingan konstitutsiya bekor qilindi. Shuningdek, hokimiyat qoʻlga kiritilgan 8 dekabr sanasi bayram deya eʼlon qilindi.