platina.uz
Siyosat

Toshkentning eski shahri sayyohlarga moslashtiriladi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi.

Toshkentning eski shahri sayyohlarga moslashtiriladi

Toshkentning eski shahar hududi sayyohlar uchun moslashtirilib, zarur infratuzilmalar quriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida poytaxtning turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi.

Jumladan, eski shaharda gastronomik va turizm koʻchalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun 17 ta koʻcha va 32 ta berk koʻcha tanlab olingan. Ularda Eski shaharning oʻziga xos meʼmoriy qiyofasini saqlab qolgan holda, qoʻshimcha infratuzilmalar yaratiladi.

Buning natijasida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni 250 taga koʻpayadi, 1 ming 500 ta ish oʻrni ochiladi. Muhimi, kunlik sayyohlar soni hozirgi 4 mingtadan 11 mingtaga koʻpayishi kutilmoqda.

Ayni paytda Bektemir, Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlarida 7/24 tartibida ishlaydigan oʻnlab sayyohlik manzillari tashkil etilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid