Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 115 mlrd dollarga yetdi
Bir kishiga oʻrtacha toʻgʻri keladigan miqdor 3092 dollarni tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi 6,5 foizga oʻsdi.
Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024 yilda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 1 454,6 trln soʻmni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich 2023 yil bilan taqqoslaganda 6,5 foizga oʻsgan.
YaIM hajmi oʻrtacha almashuv kursi (12 652,7 soʻm) boʻyicha 115,0 mlrd AQSh dollariga teng.
2024 yilda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 39,1 mln soʻm (3 092,7 AQSh dollari)ni tashkil etib, 2023 yil bilan taqqoslaganda 4,4 ga oshgan.
Sanoat tarmogʻining oʻsishi 6,8 foizni tashkil etdi va YaIM oʻsishiga ijobiy hissasi 1,7 f.p.ni tashkil etdi.
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining oʻsishi 3,1 foizni tashkil etdi va YaIM oʻsishiga ijobiy hissasi 0,6 f.p.ni tashkil etdi.