platina.uz
Jahon

Insoniyat "yadroviy tun"ga rekord darajada yaqinlashdi

Chikago universiteti olimlari har yili "Qiyomat soati" vaqtini eʼlon qiladi.

Insoniyat "yadroviy tun"ga rekord darajada yaqinlashdi

"Atom olimlari byulleteni" direktorlar kengashi taklif etgan mutaxassislar, jumladan oʻnta Nobel mukofoti sovrindorlari bilan birgalikda "Qiyomat soati"ning soniya bir soniya oldinga siljitdi.

Endi insoniyatni "yadroviy tun"dan atigi 89 ramziy soniya ajratib turibdi.

Mutaxassislarning fikricha, insoniyat hech qachon falokatga bunchalik yaqinlashmagan.

“Xavfning aniq belgilariga qaramay, milliy liderlar va ularning jamiyatlari yoʻnalishni oʻzgartirish uchun zarur boʻlgan ishlarni qila olmadi”, deyiladi loyiha bayonotida.

“Biz yetakchilar dunyoda boʻlayotgan ogʻir vaziyatni tan olishiga va qatʼiy choralar koʻrishiga chin dildan umid qilamiz, yadroviy qurollar, iqlim oʻzgarishi va hayot haqidagi fanlar va turli xil yangi texnologiyalardan potensial notoʻgʻri foydalanish tahdidlarini kamaytirishni taklif etamiz".

Soʻnggi ikki yil davomida soat millari harakatlanmadi, 90 soniya koʻrsatkichida qoldirdi.

Chikago universitetining " Atom olimlari byulleteni" har yili "Qiyomat soati"dagi vaqtni eʼlon qiladi.

Anʼana 1947 yilda, ushbu universitet olimlari dunyodagi birinchi atom bombasini yaratishda ishtirok etganidan bir necha yil oʻtgach boshlangan. Yarim tungacha soat boʻyicha qolgan vaqt dunyodagi keskinlik darajasini va yadro qurolini ishlab chiqishdagi taraqqiyotni anglatadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid