"Hududgaztaʼminot" raisiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Davron Maqsudov avval Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Maqsudov Davron Sanjarxodjayevich "Hududgaztaʼminot" AJ Boshqaruv raisining transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Davron Maqsudov bunga qadar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mahmudjon Yakubov ham "Hududgaztaʼminot" raisiga birinchi oʻrinbosar etib tayinlangandi.