platina.uz
Jamiyat

Fermer bank mansabdorlari bilan til biriktirib, katta pullarni oʻzlashtirgani aniqlandi

U dalolatnomaga fermer xoʻjaligining qariyb 80 gektar maydoniga paxta ekilganligi haqida soxta maʼlumotlar kiritib, kredit olishga muvaffaq boʻlgan. 

Fermer bank mansabdorlari bilan til biriktirib, katta pullarni oʻzlashtirgani aniqlandi

Jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudida masʼul shaxslar bilan til biriktirib, yirik miqdordagi pullarni oʻzlashtirgan fermer xoʻjaligi rahbariga hukm oʻqildi. Sud hukmi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Unga koʻra, fuqaro X.X fermer xoʻjaligiga rahbarlik qilib, noqonuniy yoʻllar bilan jinoiy boylik orttirish maqsad qilgan. U fermer xoʻjaligiga qarashli boʻlgan suv nasosini noqonuniy ulab elektr taʼminoti korxonasi bilan tuzilgan shartnomani buzgan, isteʼmolchi tomonidan elektr hisoblagich koʻrsatkichlarini qasddan kamaytirish maqsadida unga tashqi taʼsir koʻrsatish yoʻli bilan suv nasosini qonunga xilof ravishda ulagan.

Natijada Qiziltepa tuman elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga 53 mln. 316 ming soʻm miqdorida zarar yetkazgan.

Bundan tashqari u fermer xoʻjaligi raisi vazifasida ishlab kelib, mansabdor shaxs hisoblanib, "A" bank Qiziltepa filiali mansabdor shaxslari bilan oʻzaro jinoiy til biriktirib, 1 yil muddatga yillik 10 foiz ustama toʻlash sharti bilan 575 mln 500 ming soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi ajratilishiga erishgan.

U dalolatnomaga fermer xoʻjaligining 78,35 gektar maydoniga paxta ekilganligi haqida soxta maʼlumotlar kiritib, hujjatni qalbakilashtirib, uni bankka taqdim qilgan va jami 397 mln. 173 ming 280 soʻmlik juda koʻp miqdordagi kredit mablagʻlarini ajratilishiga erishib, kredit mablagʻlarini oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Sudda ayblanuvchi oʻz ayblariga iqror boʻldi.

Yakuniy hukmga koʻra, X.X.ga oʻtash uchun 2 yil 5 oy 15 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Ish doirasida yetkazilgan zararlar qoplanishiga erishilgan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid