platina.uz
Jamiyat

Farmatsevtika agentligiga yangi vazifalar yuklatildi

Agentlik biologik faol qoʻshimchalar va kosmetika mahsulotlari sanoatini rivojlantirishga masʼul boʻladi. 

Farmatsevtika agentligiga yangi vazifalar yuklatildi

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga yangi vazifalar yuklandi.

“Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-13-son, 28.01.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

-biologik faol qoʻshimchalar va kosmetika mahsulotlari sanoatini rivojlantirish, shu jumladan, bozor konʼyunkturasini oʻrganish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ushbu yoʻnalishdagi soha korxonalariga ilgʻor xorijiy amaliyot va standartlarni tatbiq etishga koʻmaklashish;

-mahalliy hokimliklar bilan birgalikda hududiy farmatsevtika korxonalarining investitsiya loyihalarini monitoring qilish va hisobini yuritish;

-farmatsevtika sohasini raqamlashtirish va axborot dasturlarini joriy etish.

2025 yil yakunigacha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining laboratoriyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining dastlabki kvalifikatsiya (prequalification) tartibidan oʻtkaziladi.

2025 yil 1 apreldan:

-cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi;

-bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalarini ishlab chiqarishda ushbu dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qoʻllanadi;

-“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” tomonidan xorijiy valyutada qayd etilgan referent narxlar belgilangan hollarda avtomatik ravishda (tadbirkor murojaatisiz) qayta koʻrib chiqiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid