platina.uz
Jamiyat

Elektron tijoratdagi eng muammoli platformalar maʼlum qilindi

Savdolardagi asosiy muammo nosoz maishiy texnikalar bilan bogʻliq. 

Elektron tijoratdagi eng muammoli platformalar maʼlum qilindi

Raqobat qoʻmitasi Oʻzbekistonda elektron tijorat bilan bogʻliq vaziyatni ochiqladi.

Unda muammoli platformalar va ularni hal etish koʻrsatkichi ham maʼlum qilingan.

2024 yilda Qoʻmitaga elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan, shulardan 81,9 % (1085 ta) ijobiy hal etilgan, 14,3 % (190 ta) boʻyicha tushuntirish berilgan, 1,3 % (17 ta) vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan va 33 ta murojaat koʻrib chiqilmoqda.

Natijada, 423 isteʼmolchining huquqlari tiklandi, 88,9 million soʻm isteʼmolchilar foydasiga qayta hisoblandi, 31,6 million soʻmlik mahsulotlar almashtirilishi taʼminlandi.

Elektron savdo maydonlarida koʻpchilik muammolar maishiy texnika sotuvidan (77,9 %) kelib chiqib, asosan nuqsonli tovarlarga bogʻliq ekanligi aniqlangan.

Murojaatlar kesimida eng koʻp muammoli platformalar:

Uzum Market – 39,6 %;

Alif Shop – 9,9 %;

Uzum Nasiya – 6,5 %;

ZoodMall – 6,0 %;

Asaxiy uz – 3,8 %;

IDEA – 2,5%;

Hopshop – 2,1%;

100K uz – 2,1%.

Shuningdek, murojaatlarni hal qilish samaradorligi boʻyicha turli platformalar faoliyati tahlil qilindi:

Openshop uz – 100 %;

Hopshop – 92,9 %;

Sello uz – 87,5 %;

Alijahon uz – 81,5 %;

ZoodMall – 81,0 %;

100K uz – 78,6 %;

Alif Shop – 67,2 %;

Uzum Nasiya – 66,3 %;

Uzum Market – 60,2 %

Shu oʻrinda, quyidagi elektron savdo platformalari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarnining aksariyati isteʼmolchilar foydasiga hal qilinmasdan, murojaat qanoatlantirilishi juda past koʻrsatkichni tashkil etmoqda:

Sandiqshop – 21,4 %;

Booknomy – 28,6 %.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid