Toshkentda tikuvchilik korxonasi yondi
Yongʻin toʻrt soatda oʻchirilgan.

Toshkentdagi tikuvchilik korxonasida yirik yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
27 yanvar kuni soat 21:33 da Uchtepa tumani, “Taqachi” MFY Taqachi koʻchasida joylashgan, tikuvchilik korxonasining omborida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Yongʻin qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 21:40 da yetib borgan.
Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda maʼsul tashkilotlarning vakillari chiqqan.
Yongʻin soat 01:41 da oʻchirilgan. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.