platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 10 ta sport maydonchasi quriladi

Ularni moliyalashtirish, sport uskunalarini oʻrnatish va jihozlash ishlari Sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Toshkentda 10 ta sport maydonchasi quriladi

Toshkent shahri tumanlarida 10 ta zamonaviy sport maydonchalari quriladi. Bu haqda hokim Shavkat Umrzoqov qarorida maʼlum qilingan.

Stritbol-vorkaut maydonchalari Sport vazirligi tavsiya etgan loyihalar asosida quriladi. Ularni moliyalashtirish, sport uskunalarini oʻrnatish va jihozlash ishlari ham Sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Maydonchalar Mirzo Ulugʻbek tumanida 256-maktabda, Mirobod tumanida 65-maktabda, Bektemir tumanida Majnuntol MFY hududida, Yakkasaroy tumanida 48-sonli maktabda quriladi.

Bundan tashqari maydonchalar Uchtepa tumanidagi Tinchlikobod MFY hududida, Olmazor tumanida 134-sonli maktabda, Yunusobod tumanida 1-son sport maktabida barpo etiladi.

Mazkur qaror ijrosi nazorati hokim oʻrinbosari D.Rahimova zimmasiga yuklangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid