Toshkent dunyoda havoning iflosligi boʻyicha 1-oʻringa koʻtarildi
Hozirda poytaxt ob-havosi "juda nosogʻlom" koʻrsatkichida tasniflanmoqda.

28 yanvar kuni Toshkent dunyoda havosi iflos shaharlar roʻyxatida birinchi oʻringa chiqdi. Bu haqda IQ Air maʼlumot berdi.
Hozirda poytaxt ob-havosi "juda nosogʻlom" koʻrsatkichida tasniflanmoqda.
"Poytaxt periferiyasi va katta qismida havoda mayda dispers zarrachalar bilan bogʻliq ifloslanish JSST talablari boʻyicha "juda zararli" va "xavfli" tasnifga ega. Bu eng yuqori ifloslanish darajasidir", deya yozmoqda mutaxassislar.
Toshkentdan keyingi oʻrinlarda Lahor, Dakka, Dehli, Karachi kabi shaharlar bormoqda.
Afrikada esa Senegal poytaxti Dakar havosi eeng notoza shahar boʻlib turibdi.
