platina.uz
Jamiyat

"Qarshi magistral kanali" boshqarmasiga qarshi ish qoʻzgʻatildi

Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyishda ayblangan boshqarmaning mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

"Qarshi magistral kanali" boshqarmasiga qarshi ish qoʻzgʻatildi

Raqobat qoʻmitasi Qashqadaryodagi manfaatlar toʻqnashuvi yuzasidan chora koʻrdi.

Tarmoqlarda "Qarshi magistral kanali oʻtgan yili 39 ta tender oʻtkazdi. Uning 21 tasida buyurtmachining "qoʻshnisi" gʻolib chiqqan" nomli material eʼlon qilingan.

Qoʻmitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan "Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi" DM tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarida raqobat qonunchiligi talablariga rioya qilinganligi yuzasidan oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlari natijasida Buyurtmachi tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirilgan davlat xaridlarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan buyurtmachiga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan.

Ish natijasi yuzasidan qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

Shuningdek, buyurtmachi (Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi) mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shu bilan birgalikda, oʻrganish davomida kuzatilgan manfaatlar toʻqnashuvi alomatlari boʻyicha maʼlumotlarga huquqiy baho berilishi uchun prokuratura organlariga yuborildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid