platina.uz
Jamiyat

Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilmoqda

Unda muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. 

Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilmoqda

“Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-24-son, 25.01.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi.

Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:

-muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash;

-oʻquv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda, shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlari asosida joriy etish hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish.

Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini Oʻzbekistonning taʼlim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi.

2025/2026 oʻquv yilidan Universitetda taʼlim jarayoni taʼlim sohasida xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatga kirgan, shuningdek, oʻz yoʻnalishida yetakchi hisoblangan Turkiya Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi.

Universitetda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va toʻlov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitet faoliyatini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv kengashi tashkil etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid