platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoni tabrikladi

1994 yildan buyon Belarusni boshqarayotgan Lukashenko saylovda qariyb 87 foiz ovoz oldi.

Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoni tabrikladi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni kecha boʻlib oʻtgan Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan qutladi.

Davlat rahbari saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari Belarus xalqi amaldagi Prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani, amalga oshirilayotgan siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng qoʻllab-quvvatlayotganini yana bir bor tasdiqlaganini alohida taʼkidladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Suhbat chogʻida oʻtgan yil 7-9 fevral kunlari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan Oʻzbekiston-Belarus koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, yaqin ishbilarmonlik va hududlararo aloqalarni, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari boʻlajak tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

Eslatib oʻtamiz, 1994 yildan buyon Belarusni boshqarayotgan Lukashenko saylovda qariyb 87 foiz ovoz oldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid