platina.uz
Jamiyat

Qozogʻiston bilan chegaradagi post yopiladi

Qozogʻistonning "Tajen" (Oʻzbekiston tomonida "Dovud ota") chegara oʻtkazish punkti uch oy muddatga faoliyatini toʻxtatadi.  

Qozogʻiston bilan chegaradagi post yopiladi

Qozogʻiston bilan chegaradagi post vaqtincha yopiladi. Bu haqda bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

Qozogʻistonning “Tajen” (Oʻzbekiston Respublikasining “Dovud ota”) chegara oʻtkazish punkti orqali shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati 2025 yil 1 fevral sanasidan boshlab 3 oy muddatga vaqtincha toʻxtatiladi.

Mazkur cheklovlar chegara oʻtkazish punktlarida taʼmirlash va jihozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Qozogʻiston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy etilmoqda.

Shu sababli ushbu davr mobaynida “Tajen” (Qozogʻiston) – “Dovut ota” (Oʻzbekiston) chegara oʻtkazish punktlari orqali harakatlanuvchi shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari “Yallama”, "Zangiota (Navoiy chegara bojxona posti)", “Oq oltin” va “Malik” oʻtkazish punktlari orqali harakatlanishlarini soʻralgan.

Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun "Qoraqalpogʻiston" temir yoʻl oʻtkazish punkti orqali yoʻlovchi poyezdlari harakatlanadi.

Ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarining “Tajen” (Qozogʻiston) – “Dovut ota” (Oʻzbekiston) chegara oʻtkazish punkti orqali harakati uzluksiz davom ettiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid