Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bungacha u tuman ichki ishlar boʻlimini boshqargan.

Bugun oʻtgan Xalq deputatlari Qiziriq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Allamurotov Sherxon Yoʻlliyevich tuman hokimi etib tayinlandi.
Sherxon Allamurotov 1986 yilda Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2011 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – huquqshunos. Podpolkovnik harbiy unvoniga ega.
Faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli vazifalarda, xususan, viloyat ichki ishlar boshqarmasida boʻlim boshligʻi, Jarqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻi lavozimlarida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar 2023 yildan buyon Qiziriq tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Qiziriq tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Anvar Oripov oʻz arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan. U 2024 yil aprelda tayinlangandi.