platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston JSTga aʼzolik boʻyicha asosiy hujjatni tayyorlashga kirishdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva jarayon haqida maʼlumot berdi. 

Oʻzbekiston JSTga aʼzolik boʻyicha asosiy hujjatni tayyorlashga kirishdi

Oʻzbekiston JSTga aʼzolik boʻyicha asosiy hujjatni tayyorlashga kirishdi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva yozdi.

"Oʻtgan yili JST Ishchi guruhi ikkita muhim yigʻilish oʻtkazdi. Bu bizga aʼzolikning asosiy hujjati – Ishchi guruh Hisoboti loyihasini tayyorlashga kirishishga imkon berdi. Shuningdek, AQSh, Xitoy va Yaponiya kabi 15 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Natijada Oʻzbekiston hisobida 23 ta imzolangan bitim bor", deydi Mirziyoyeva.

Qisqa vaqt ichida biznesni va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilindi.

" Tez orada Tashkilotning toʻlaqonli aʼzosi boʻlish uchun joriy yilda ham biz shu surʼatda davom etamiz. Bu mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishi hamda oʻzbek biznesining mintaqaviy va global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirib borishini taʼminlashi lozim", deya taʼkidlaydi prezident yordamchisi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid