Lukashenko prezidentlik saylovida 86,8 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi
U Belarusni 1994 yildan buyon uzluksiz boshqarib kelmoqda.

Belarusda 26 yanvar kuni navbatdagi prezidentlik saylovi boʻlib oʻtdi.
Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalarini eʼlon qildi.
Markaziy saylov komissiyasi rahbari Igor Karpenkoning aytishicha, saylovchilarning 86,82 foizi amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoga ovoz bergan.
RBK xabariga koʻra, qolgan nomzodlar oʻrtasidagi ovozlar quyidagicha taqsimlangan:
Vakillar palatasi (parlament quyi palatasi) aʼzosi, Liberal-demokratik partiya (LDP) yetakchisi Oleg Gaydukevich 2,02% ovoz oldi.
Tadbirkor, Vakillar palatasining sobiq aʼzosi (2016–2019) Anna Kanopatskaya (48 yosh), 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashgan — 1,86%.
2024 yil may oyidan buyon Kommunistik partiya Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi, Vakillar palatasining sobiq aʼzosi Sergey Sirankov – 3,21%.
Mehnat va adolat respublika partiyasi raisi, Minsk shahar kengashi deputati Aleksandr Xijnyak – 1,74%.
Gʻarb tomoni mazkur saylovlar erkin va demokraatik emasligini taʼkidlab, natijalarni tan olmasligini bildirgandi.
Shu tariqa Belarusni 1994 yildan beri boshqarayotgan Lukashenko yana lavozimda qolishi aniq boʻldi.