platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda hokim yordamchisi 4,5 mln soʻm bilan ushlandi

U fuqarolardan biriga imtiyozli kredit olib berish evaziga pul talab qilgan. 

Surxondaryoda hokim yordamchisi 4,5 mln soʻm bilan ushlandi

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida fuqaroga imtiyozli kredit olib berish evaziga pul talab qilgan hokim yordamchisiga sud hukmi oʻqildi.

"Zamon" dasturiga koʻra, tumandagi Yakkaterak MFYda ishlagan hokim yordamchisi fuqaroga 33 mln soʻmlik imtiyozli kreditdan ikki marta (jami 66 mln soʻm) olib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga undan 4,5 mln soʻm olgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari oʻtkazgan tadbirda hokim yordamchisi tumandagi maʼmuriy binolardan birida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qiziriq tumani sudi hukmiga koʻra, ayblanuvchiga JKning 45-moddasini qoʻllanib, 168-moddasi 3-qismi "v" bandi bilan 2 yilga ahloq tuzatish ishlari jazosi qoʻllanildi. Shuningdek, u rahbarlik va moddiy javobgarlik talab etiladigan lavozimlarida ishlay olmaydi va daromadining 20 foizi ushlab qolinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid