platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev "Amirsoy"da Sadir Japarov bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi

Uchrashuvda ikki mamlakatda kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni ilgari surishga kelishib olindi. 

Shavkat Mirziyoyev "Amirsoy"da Sadir Japarov bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

25 yanvar kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻldi.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi "Amirsoy" kurort majmuasida Qirgʻiziston Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.

Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

Qirgʻiziston Prezidenti togʻ-changʻi majmuasida yaratilgan sharoitlar va uning jahonning yuksak standartlariga mos zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi.

Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda mamlakatlarimizning noyob geolandshafti va xilma-xil tabiatini hisobga olgan holda kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni ilgari surishga kelishib olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid